Xorijiy abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan (super) kontrakt uchun arizalar qabul qilish boshlandi

Xorijiy abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan (super) kontrakt
uchun arizalar qabul qilish boshlandi

DIQQAT E'LON!!!

Xorijiy fuqarolar diqqatiga!

O‘zbekiston Milliy universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida ishtirok etgan va belgilangan minimal ball - 56 balldan past, ammo kamida 41 ball to‘plagan xorijiy abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati taqdim etiladi.

Mazkur imkoniyat O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida xorijiy fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olish huquqini kengaytirish maqsadida taqdim etilmoqda.

Ariza topshirish huquqi:

41 balldan kam bo‘lmagan, ammo 56 balldan past ball to‘plagan abituriyentlar uchun amal qiladi.

Ariza yuborish tartibi:

1.      Arizalar quyidagi namuna asosida shaxsan abituriyent tomonidan, qo‘lda to‘liq ma’lumotlar bilan yozilishi talab qilinadi.

2.      Arizalar admissions@nuu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab qilinadi.

3.      Arizaga ilova sifatida xorijga chiqish pasportingizni yuborish talab qilinadi.

📞 Aloqa uchun: +998 71 246 22 42