Xorijiy abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan (super) kontrakt uchun arizalar qabul qilish boshlandi
DIQQAT E'LON!!!
Xorijiy fuqarolar diqqatiga!
O‘zbekiston Milliy universitetiga 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari (suhbat)da ishtirok etgan va belgilangan minimal ball - 56 balldan past, ammo kamida 41 ball to‘plagan xorijiy abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati taqdim etiladi.
Mazkur imkoniyat O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida xorijiy fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olish huquqini kengaytirish maqsadida taqdim etilmoqda.
✅ Ariza topshirish huquqi:
41 balldan kam bo‘lmagan, ammo 56 balldan past ball to‘plagan abituriyentlar uchun amal qiladi.
Ariza yuborish tartibi:
1. Arizalar quyidagi namuna asosida shaxsan abituriyent tomonidan, qo‘lda to‘liq ma’lumotlar bilan yozilishi talab qilinadi.
2. Arizalar admissions@nuu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab qilinadi.
3. Arizaga ilova sifatida xorijga chiqish pasportingizni yuborish talab qilinadi.
Ariza yuborishning oxirgi kuni 2026-yil 30-sentabr
📞 Aloqa uchun: +998 71 246 22 42