Savol-javob
Qabul qachon boshlanadi?
2025/2026-o'quv yili uchun hujjatlar qabul qilish 1-iyundan 30-iyunga qadar davom etadi.
Qabul qanday bosqichlardan iborat?
1-bosqich hujjatlar topshirish.
2-bosqich talab etilagan barcha hujjatlar ma'qullangach tanlagan yo'nalishi/mutaxassisligi bo'yicha suhbat.
3-bosqich suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlar uchun taklif xatlarini yuborish.
Viza olish tartibi qanday?
Suhbatdan muvaffaiyatli o'tgan abituriyentlarning xorijga chiqish pasporti (hujjat topshirish jarayonida saytga yuklash talab etiladi) asosida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga universitet tomonidan so'rov yuboriladi.
So'rov natijasida visa.mfa.uz sayti orqali Teleks kod taqdim etiladi. Chet el fuqarolari ushbu Teleks kodni o'z yurtlaridagi O'zbekiston elchixonasiga viza olishlari uchun tadqim etishlari zarur.
O'zbekistonda yashash manzili bo'yicha vaqtincha ro'yhatdan o'tish tartib qanday?
Suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlar viza olib O'zbekiston hududiga kirgach 3 kun muddatda vaqtincha yashash manzillari bo'yicha ro'yhatdan o'tishlari lozim. Buning uchun universitetning Xorijiy talabalar bilan ishlash bo'limi (Rektorat 76 xona)ga kelib uchrashi hamda vaqtincha yashash manzili haqida ma'lumot berishi lozim.